date

Qahva narxi 2025 yilda tarixiy darajada tushadi

Qahva narxi 2025 yilda tarixiy darajada tushadi
Jahon qahva bozorida yangiliklar barcha qahva ixlosmandlarini xursand qilishi mumkin. 2025 yil oxirigacha ushbu mazali ichimlikning narxi 10–20 foizgacha arzonlashishi kutilmoqda. Bu haqda RIA Novosti o‘z manbasi — ICE (Intercontinental Exchange) savdo maydonidagi ma’lumotlarga tayangan holda xabar berdi.

Hozirgi kunda arabika turi bo‘lgan qahvaning 1 tonnasi $6856 atrofida savdoga chiqmoqda. Bu — 2024 yil dekabridan beri kuzatilgan eng past narx hisoblanadi. Shu paytgacha qahva narxining oshib borishi, asosan, tabiiy ofatlar bilan bog‘liq bo‘lgan edi.

2024 yilning dekabrida Braziliyadagi qurg‘oqchilik va Vetnamdagi kuchli yomg‘irlar va toshqinlar sabab qahva yetishtirishda katta muammolar yuzaga kelgan va natijada arabikaning tonnasi $7500 dan oshib ketgan edi.

Bozor tahlilchisi Kirill Seleznyov shunday deydi:

“Agar iqlim sharoiti yaxshi bo‘lsa, arabika $6000 dan ham arzon bo‘lishi, robusta turidagi qahvaning narxi esa $3000 chegarasidan pastga tushishi mumkin”.

Qahva narxining pasayishi nafaqat xaridorlar uchun, balki umumiy iste’mol bozori uchun ham ijobiy yangilik hisoblanadi. Bu dunyo miqyosida kafe va restoranlarda qahva narxini pasaytirish, shuningdek, eksport-import faoliyatini jonlantirish imkonini beradi.

Tahlilchilarning fikricha, bu tendensiya saqlansa, 2025 yilning ikkinchi yarmida qahva mahsulotlari yanada ommalashishi va kengroq qatlam uchun foydalanish imkoniyati yaratilishi mumkin. Demak, yangi mavsum arzon va mazali qahva bilan boshlanishi mumkin!

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qahva narxi 2025 yilda tarixiy darajada tushadi