
AQSh prezidenti Donald Trampda yangi tibbiy tashxis — periventrikulyar leykoarayoz (PVL) aniqlandi, deb xabar berdi Tengrinews.kz.
PVL — bu miya oq moddasining zararlanishi bilan bog‘liq holat bo‘lib, odatda nevrologik muammolarga olib keladi. Bu kasallik harakat koordinatsiyasi, xotira va diqqatni jamlash qobiliyatini pasaytirishi mumkin.
Trampning shaxsiy shifokorlari bu tashxis bo‘yicha izoh bermadilar. Ammo tibbiy mutaxassislar bu holat uning prezidentlikka da’vogarligi nuqtai nazaridan muhim rol o‘ynashi mumkinligini ta’kidlashmoqda.
Periventrikulyar leykoarayoz odatda keksayish jarayonida paydo bo‘ladi va ayrim hollarda Altsgeymer kasalligining ilk belgilari sifatida baholanadi. Ayni paytda bu tashxis rasmiy ravishda tasdiqlangan, ammo uning siyosiy ta’siri mavhumligicha qolmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar