Rio-de-Janeyro shahriga adashib kirib qolgan italiyalik sayyoh otib tashlandi

Rio-de-Janeyro shahriga adashib kirib qolgan italiyalik sayyoh otib tashlandi
Rio-de-Janeyro shahriga adashib kirib qolgan italiyalik sayyoh otib tashlandi

Janubiy Amerika bo‘ylab sayohat qilib yurgan italiyalik turist Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri favelalariga adashib kirib qolishi natijasida otib tashlandi, deb xabar qildi "Kun.uz" nashri Reyter agentligining xabariga tayanib.

Politsiya o‘ldirilgan insonning shaxsini aniqlagan. Ma’lum bo‘lishicha, 52 yoshli Roberto Bardella do‘sti (u ham italiyalik) bilan mototsikllarda GPS bo‘yicha harakat qilishgan. Biroq uskuna erkaklarni Rioning eng qashshoq va jinoyatchilar bilan to‘la mavzelariga boshlab bordi.

U yerda esa bir guruh qurollangan shaxslar turistlarga qarata o‘q uzishgan va ularni mototsikllardan tushishga majburlashdi. Bardella jarohatlar oqibatida halok bo‘lgan bo‘lsa, do‘sti qo‘yib yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rio-de-Janeyroda iqtisodiy tanazzul, ishsizlikning o‘sishi, byudjet yetishmovchiligi sabab giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar va boshqa uyushgan jinoiy guruh a’zolari tomonidan shaharning ba’zi bir tumanlari to‘laligacha egallab olingan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar