Hindistonda shifokorlar hayratlanarli holatga duch kelishdi — 7 yoshli bolaning og‘zidan 526 ta ortiqcha tish olib tashlandi.
Bola so‘nggi oylarda pastki jag‘ida kuchli og‘riqlardan shikoyat qilib kelgan. Unga qilingan rentgen va kompyuter tomografiyasi og‘iz bo‘shlig‘ida ko‘p sonli mayda tishlar bilan ajralib turadigan shish mavjudligini ko‘rsatdi.
Mutaxassislar bu holatni kechiktirmasdan jarrohlik yo‘li bilan bartaraf etish zarurligini ma’lum qilishdi. Bir necha soat davom etgan murakkab operatsiya orqali barcha ortiqcha tishlar muvaffaqiyatli olib tashlandi. Shifokorlar bolaning ahvoli hozirda qoniqarli ekanini qayd etdi.
Mutatsiyaning asl sabablari hanuz aniq emas. Tabiblar bu holat ma’lum bir irsiy kasallik oqibati bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Hindistonda so‘nggi marta bunday holat 2014 yilda kuzatilgan. O‘shanda bemorning 232 ta ortiqcha tishi jarrohlik yo‘li bilan olib tashlangan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!