AQSHning New York Post nashri yozishicha, ikki yil avvalgi “Titan” batiskafi bilan bog‘liq fojiadan keyin, noma’lum milliarder “Titanik” kemasi vayronalariga sho‘ng‘ish niyatida. Bu misli ko‘rilmagan ekspeditsiya uchun u 10 million dollar to‘lashga tayyor.
Manbalarga ko‘ra, ekspeditsiya yaqin ikki hafta ichida boshlanishi mumkin. Milliarderning ismi oshkor etilmagan, ammo NYP ma’lum qilishicha, u jamoatchilikka tanish shaxs. U “Titanik” vayronalariga «Titan» fojiasidan keyin birinchi bor sho‘ng‘uvchi inson bo‘lishni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil iyun oyida turistlarni “Titanik” kemasi qarshisidagi xarobalarga olib ketayotgan “Titan” nomli suvosti kemasi bilan bog‘liq fojia yuz bergan. Aloqa suzib chiqqanidan 1 soat 45 daqiqa o‘tib uzilgan va keyinchalik kema portlagani ma’lum bo‘lgan.
Kema bortida 5 kishi — britan milliarderi Xemish Xarding, pokistonlik tadbirkor Shahzoda Dovud va uning 19 yoshli o‘g‘li Sulaymon, tadqiqotchi Pol-Anri Narjole hamda OceanGate asoschisi Stokton Rash bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!