Turkiya tashqi ishlar vazirligi G‘azo sektorida yuzaga kelgan ocharchilikning asosiy sabablarini keskin bayonot bilan tilga oldi. Rasmiy Anqaraning fikricha, bu holat Isroilning uzoq yillardan buyon amalga oshirib kelayotgan harbiy jinoyatlari va xalqaro huquq normalarini muntazam ravishda buzib kelayotganiga qaramay, haligacha jazosiz qolishi oqibatida yuzaga kelgan.
Bayonotda aytilishicha, BMT qo‘llovidagi IPC kuzatuv guruhi tayyorlagan hisobot G‘azoda falastinliklarga qarshi amalga oshirilayotgan siyosatning qay darajada halokatli oqibatlarga olib kelayotganini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
«Netanyahu hukumatining genotsid yo‘nalishi va falastinliklarga nisbatan shafqatsiz munosabati tufayli gumanitar halokat misli ko‘rilmagan darajada kengaydi. Eng achinarlisi, shu paytgacha sodir etib kelayotgan harbiy jinoyatlari va xalqaro huquqni buzishlari jazolanmasdan qolishi Isroilni yanada ruhlantirmoqda va xatarli darajada tajovuzkorga aylantirmoqda», — deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, BMT qo‘llovidagi IPC kuzatuv guruhi e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda G‘azoda 514 mingdan ortiq falastinlik ocharchilikdan aziyat chekmoqda. Sentyabr oyi yakuniga kelib, bu raqam 641 ming kishiga yetishi mumkinligi qayd etilgan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkichlar G‘azoda vaziyatning tobora og‘irlashib, insoniyat uchun jiddiy fojeaga aylanayotganini ko‘rsatmoqda. Turkiya esa xalqaro hamjamiyatni Isroilga qarshi qat’iy choralar ko‘rishga chaqirmoqda.
Turkiya: «G‘azodagi ocharchilik Isroilning jazosiz qolishidan kelib chiqmoqda»
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar