Kiyev shahrida bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida NATO bosh kotibi Mark Ryutte Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan birgalikda ishtirok etib, mamlakatning kelajak xavfsizligi haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Ukraina G‘arb ittifoqchilaridan aniq va ishonchli xavfsizlik kafolatlarini olishi zarur.
Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida ehtimoliy muzokaralar o‘tkazilishidan avval Ukraina «aniq do‘stlar kuchiga» ega bo‘lishi kerak. «Hozir biz aynan shu yo‘nalishda harakat qilyapmiz», — dedi NATO bosh kotibi.
Shimoliy Atlantika alyansi rahbarining ta’kidlashicha, ishlab chiqilayotgan xavfsizlik kafolatlari Rossiyani kelgusida Ukraina hududidan hatto bir kvadrat kilometrini ham egallashga urinishdan tiyilishiga xizmat qilishi shart. Ryutte bu jarayonda NATO va AQSH asosiy ishtirokchilardan biri sifatida harakat qilayotganini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, u Yevropa va AQSH tomonidan taqdim etiladigan xavfsizlik kafolatlari Ukraina mudofaasining «ikkinchi qatlami» bo‘lishini, birinchi va eng muhim qatlam esa Ukraina armiyasining o‘z salohiyatini mustahkamlashi ekanini alohida ta’kidladi.
Muttaxassislar fikricha, Ryuttening bu bayonoti Ukraina uchun strategik ahamiyat kasb etadi va kelgusida mamlakatning xavfsizlik tizimida yangi bosqichni belgilab berishi mumkin.
NATO bosh kotibi: «Ukraina ishonchli xavfsizlik kafolatlariga ega bo‘lishi shart»
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar