USD: 12357.09   EUR: 14330.52   RUB: 153.49

Xitoy global internetdan o‘zini butunlay ajratmoqda

date views 179 category Dunyo

Xitoy global internetdan o‘zini butunlay ajratmoqda
Xitoy internet siyosatlari yana bir bor jahon hamjamiyati diqqat markaziga tushdi. Ma’lum bo‘lishicha, “Xitoyning buyuk xavfsizlik devori” nomi bilan tanilgan mashhur senzura tizimi butun mamlakat internet trafigi uchun hal qiluvchi hisoblangan TCP 443 porti faoliyatini to‘liq to‘sib qo‘ydi. Bu port orqali esa aksariyat xalqaro veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va onlayn xizmatlar ishlab kelar edi.

Shu qaror natijasida internetning Xitoy qismi global tarmoqdan deyarli to‘liq ajralib qoldi. Ya’ni, mamlakatda faqat mahalliy platformalar va hukumat tomonidan tasdiqlangan servislargina faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘lib qoldi. Bu esa qit’a miqyosidagi real izolyatsiya sifatida baholanmoqda.

Ekspertlar ta’kidlashicha, Xitoyning internetni cheklash siyosati o‘zining “tanlab o‘chirish” strategiyasi bilan ajralib turadi. Ya’ni, butunlay to‘sish o‘rniga, faqat xorijiy resurslarga yo‘naltirilgan qismlar blok qilinadi. Shu tariqa, mamlakat ichidagi raqamli xizmatlar va ilovalar to‘liq ishlashda davom etadi, fuqarolar esa hukumat nazoratidagi milliy tarmoqdan foydalanishga majbur bo‘ladi.

Ayrim kuzatuvchilar bu jarayonni “yangi raqamli temir parda” deb ataya boshladi. Chunki bu yo‘l bilan Pekin tashqi axborot oqimini keskin nazorat qilib, global internetdan o‘z segmentini asta-sekin uzib bormoqda.

Mavzuga oid yangiliklar
So'nggi yangiliklar
Ko'p o'qilganlar