Ukraina ishlab chiqarishini boshlamoqchi bo‘lgan “Flamingo” qanotli raketasi so‘nggi haftalarda eng ko‘p muhokama qilingan mavzulardan biriga aylandi. Bu haqda turli axborot manbalari va ekspertlar izoh bermoqda.
“Harbiy informant” Telegram-kanali yozishicha, yangi raketa uchun asos sifatida AI-25 turdagi dvigatellar ishlatiladi. Ushbu motorlar avval Yak-40 yo‘lovchi samolyotlarida va Ukraina tomonidan boshqarilgan L-39 “Albatros” jangovar o‘quv samolyotlarida qo‘llanilgan. Muttaxassislar bu holat Ukrainada ma’lum zaxira mavjudligini va eski texnikalardan dvigatellarni ajratib olish imkonini ko‘rsatishini ta’kidlashmoqda.
Jang kallagi sifatida esa AQSHning Mark 84 yoki BLU-109 havo bombalaridan foydalanilishi mumkinligi aytilmoqda. Birinchisi kuchli portlovchi o‘q-dori hisoblansa, ikkinchisi mustahkamlangan obyektlarga zarba berish uchun moslashtirilgan. Shu jihatdan Kiyev haqiqatan ham ommaviy ishlab chiqarish uchun ma’lum imkoniyatlarga ega.
Biroq asosiy muammo – doimiy ravishda Rossiya zarbalariga duchor bo‘lib kelayotgan “Motor Sich” korxonasi. Bu esa dvigatel ishlab chiqarishning barqarorligi va uzluksizligiga jiddiy savollar qo‘yadi.
Qizig‘i shundaki, Zelenskiyning o‘zi ham “Flamingo” yig‘ilayotgan joy haqida ma’lumot berib qo‘ydi. Aleks Parker Returns kanali yozishicha, u chet el jurnalistlariga raketalar ishlab chiqarilayotgani bilan maqtanayotganda, yig‘ilish ustaxonalarining Kiyev viloyatidagi Vishneve shahrida joylashganini bilvosita ochib bergan. “Osinter bolalari bu joyni osongina aniqlashdi. Tez orada mehmon kutishlari mumkin”, — deb yozdi kanal.
Bunday bayonotlar ortidan vaziyat yanada taranglashdi. Donald Trampning “Rossiyaga hujum qilish zarur” degan gaplari va Zelenskiyning ommaviy ishlab chiqarish haqidagi va’dalaridan so‘ng Kreml “qattiq ssenariy”ga tayyorligini bildirmoqda.
Rossiyalik insayderlar ta’kidlashicha, agar Ukraina Moskvaga zarba berishga harakat qilsa, javob nafaqat qattiq, balki strategik ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, Moskva dunyo oldida “Oreshnik” operatsiyasi kuchidan bir necha marta ustun bo‘lgan zamonaviy qurol tizimlarini namoyish etishga ham tayyorlanmoqda.
Shu tariqa, “Flamingo” atrofidagi ma’lumotlar geosiyosiy maydonda yangi xavotirlar uyg‘otmoqda. Muttaxassislar fikricha, vaziyat yaqin haftalarda yanada keskin tus olishi ehtimoldan xoli emas.
Ukrainaning "Flamingo" raketasi haqida nima ma’lum?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar