date

Argentina prezidentining singlisi pora olganlikda ayblanmoqda

Argentina prezidentining singlisi pora olganlikda ayblanmoqda

Argentina prezidentining singlisi, Prezident ma’muriyati bosh kotibi lavozimini egallab turgan Karina Miley dori-darmonlarni xarid qilishda korrupsion sxemalarda ishtirok etganlikda ayblanmoqda. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy Carnaval striming-kanalida Karina Miley va yuqori martabali amaldorlar o‘rtasidagi suhbatlar mavjud bo‘lgan audioyozuvlar chop etilgan. Ushbu yozuvlarda uning korrupsiya sxemalarida ishtirok etganligi to‘g‘risida to‘g‘ridan to‘g‘ri dalillar mavjud emas, lekin Argentina Nogironlar milliy agentligi uchun dori-darmonlar narxining oshirib yuborilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Suhbatlarning bir qismi prezident saroyi ichida yozib olingan.

Prezident matbuot kotibi Manuel Adorni allaqachon Xaver Miley ma’muriyati Federal sudga shikoyat qilganini e’lon qildi. Ular audioyozuv qonuniy tarzda emas, balki yashirincha yozib olinganini va u saylov kampaniyasi avjida mamlakatdagi barqarorlikka raxna solishga qaratilganini ta’kidlashmoqda.

Argentina federal sudyasi Mileyning singlisiga tegishli audioyozuvlarni nashr etishni taqiqlash haqida qaror chiqardi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Argentina prezidentining singlisi pora olganlikda ayblanmoqda