date

Tramp Putin bilan tez orada muloqot qilish niyatida

Tramp Putin bilan tez orada muloqot qilish niyatida

AQSH rahbari Donald Tramp yaqin vaqtlarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot o‘tkazish istagini bildirdi. 5-sentyabr, juma kuni Oq uyda tashkil etilgan matbuot anjumanida Tramp: «Ha, bunga tayyorman. Biz avval ham samarali suhbat qilganmiz», deya ta’kidladi.

Shu bilan birga, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kremlda hozircha ikki davlat yetakchilari o‘rtasida «telefon muloqoti uyushtirish» bo‘yicha aniq reja yo‘qligini ma’lum qildi. Biroq u bunday suhbatni «zarurat bo‘lsa, qisqa fursatda tashkil etish mumkin»ligini qayd etdi, deb xabar tarqatdi «Interfaks».

Avvalroq Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy hamda «ko‘ngillilar koalitsiyasi» vakillari bilan telefon orqali muloqot qilgan edi. Bu suhbat Ukraina rahbarining Parij safari chog‘ida bo‘lib o‘tgan va Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlari muhokama qilingani ma’lum qilindi.

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, bir soat davom etgan muloqot chog‘ida AQSH prezidenti Yevropa yetakchilarini Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatishga chaqirgan. Shuningdek, Tramp Xitoyning Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlariga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatayotgani haqida gapirib, unga iqtisodiy bosim o‘tkazish zarurligini ta’kidlagan.

Bu kabi bayonotlar global siyosat maydonida yangi qarama-qarshiliklar va tashabbuslar uchun zamin yaratishi mumkinligi aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Putin bilan tez orada muloqot qilish niyatida