22:29 / 20.12.2016
7 040

Istanbulda "Evrosiyo" tunneli ochildi

Istanbulda "Evrosiyo" tunneli ochildi

20 dekabrda Istanbulda Bosfor ko‘rfazi tagidan o‘tuvchi "Evrosiyo" tunneli ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, bosh vazir Binali Yildirim hamda ko‘plab xorijiy davlatlar etakchilari, bosh vazirlari, vazirlari va elchilari ishtirok etdi.

Turkiya prezidenti tadbirdagi nutqida tunnel Istanbulning Evropa va Osiyo qismini bog‘lashga qaratilganini aytdi.

"Avtomobil tunnelining poydevori Istanbulning Osiyo qismida qo‘yildi, uni esa Istanbulning Evropa qismida ochmoqdamiz. Bu tunnel ochilishi muhim voqea hisoblanadi", deb aytdi Erdo‘g‘an.

Uning aytishicha, tunneldan o‘tish uchun to‘lov yil oxirigacha 15 turk lirasini tashkil qiladi. Tunnel evaziga Istanbulning Kazlicheshme va Goztepe tumanlari o‘rtasidagi yo‘lga ketadigan vaqt 90 daqiqadan 15 daqiqaga kamayadi.

Bu tunnel suv ostida bunday chuqurlikda o‘tkazilgan birinchi tunneldir. Uni qurish bo‘yicha ishlar Bosfor ostida 106 metr chuqurlikda olib borilgan. Tunnelning uzunligi 14,6 km ni tashkil qiladi. Ko‘rfaz ostidan tunnelning 5,4 km lik qismi o‘tgan. Tunnelning qurilishiga 1,25 mlrd dollar sarflangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Istanbulda "Evrosiyo" tunneli ochildi