Istanbulda yo‘lovchi kemasi 200 yillik tarixiy qasrga urildi

Turkiyaning Istanbul shahrida, Bosfor bo‘g‘ozida harakatlanayotgan yo‘lovchi kemasi qariyb 200 yillik tarixga ega binoga kelib urildi. Hodisa oqibatida tarixiy inshootning sohil qismi va yaqinda turgan yaxta shikastlandi.
Ma’lum qilinishicha, kema dastlab qirg‘oq yaqinida turgan yaxtaga, keyin esa tarixiy Kazasker Necmettin Efendi qarorgohiga borib to‘qnashgan.

Yaxshiyamki, hodisa natijasida hech kim jarohat olmagan. Hozircha to‘qnashuvga nima sabab bo‘lgani aniq emas.
Tarixiy binoda yashovchi Derin Mermerji voqea aks etgan tasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi. U yetkazilgan zarar yuzasidan sudga murojaat qilish niyatida ekanini ham ma’lum qildi.






























Izohlar 0
…