Xitoyning Shandun muzofoti kutilmagan muammoga duch keldi — quyosh panellari orqali ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi me’yordan oshib ketmoqda. Bu holat elektr narxlarining pasayishiga sabab bo‘ldi, deb xabar berdi Bloomberg.
2020 yildan 2025 yilgacha Shandunda quyosh elektr stansiyalari quvvati 23 gigavattdan 85 gigavattgacha oshgan. Bu ko‘rsatkich uy tomlariga keng ko‘lamda panellar o‘rnatilishi hisobiga erishilgan. Agar Shandun alohida davlat bo‘lganida, elektr ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘rinni egallardi.
Quyosh energiyasining kamchiligi shundaki, asosan kunning o‘rtalarida — talab past bo‘lgan vaqtda ko‘proq elektr ishlab chiqariladi. Natijada tarmoqlarda ortiqcha yuklama paydo bo‘ladi.
Muzofot rahbarlari energiya balansini barqarorlashtirish maqsadida shamol va atom energetikasini rivojlantirishni jadallashtirishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, kunduz iste’molni rag‘batlantirish uchun tariflar pasayishi mumkin. Ortiqcha energiyani saqlash va kechqurun tarqatish uchun akkumulator tizimlari ham keng joriy etilmoqda.
Xitoyda elektr ko‘pligi narxlarni pasaytirdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar