date

To‘qayev Nyu-York safari ortidan tashqi ishlar rahbariyatini almashtirdi

To‘qayev Nyu-York safari ortidan tashqi ishlar rahbariyatini almashtirdi
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart To‘qayev Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ishtirok etgandan so‘ng tashqi siyosat sohasida keskin o‘zgarishlar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Bosh vazir o‘rinbosari — Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu, prezidentning xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi Erjan Qazixan hamda Qozog‘istonning AQSHdagi elchisi Erjan Ashixboyev lavozimidan ozod etildi.

Yangi Tashqi ishlar vaziri etib avval Bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlagan Yermek Kusherboyev tayinlandi. Prezident qarorining aniq sabablari ochiqlanmagan bo‘lsa-da, siyosatchilar bu o‘zgarishni AQSH safari bilan bog‘lamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » To‘qayev Nyu-York safari ortidan tashqi ishlar rahbariyatini almashtirdi