Somalidagi jazoni ijro etish muassasasiga radikal “Ash-Shabob” guruhi jangarilari hujum qilgani haqida mahalliy OAV xabar bermoqda. Jangarilar milliy razvedka kuchlari bilan to‘qnashmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, hujumchilarning ba’zilari o‘ldirilgan, boshqalari esa qamoqxona ichkarisiga kirib borgan. Hujum paytida ba’zi mahbuslar qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan.
Milliy razvedka xizmati (NISA) ma’lumotiga ko‘ra, hujumchilarning soni kamida sakkiz nafar bo‘lib, ularga qarshi operatsiyalar olib borilmoqda. To‘rt nafar jangarilar o‘ldirilgan, qolganlari hanuz qamoqxona ichida qarshilik ko‘rsatmoqda.
Operatsiyada Somali maxsus kuchlari ham jalb qilingan bo‘lib, vaziyatni nazorat qilish va boshqarishda faol ishtirok etishmoqda. Bu hujum mamlakat xavfsizligi va ichki tartibni ta’minlashga katta tahdid solmoqda, va hozirda mahalliy hokimiyat ham vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!