Guandunda chikungunya virusi tez yoyilmoqda, vaksina hali yo‘q.
Xitoyning janubidagi Guandun provinsiyasida shifokorlar chikungunya virusining keskin tarqalishini qayd etdi. 28-sentyabrdan 4-oktyabrgacha bo‘lgan muddatda 3181 nafar insonda infeksiya aniqlangan, deb xabar berdi Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi.
Bemorlar soni hafta sayin ortib bormoqda — 21–27-sentyabr kunlari 3153 ta, 14–20-sentyabrda esa 2426 ta holat qayd etilgan. Muttaxassislar virusning asosiy tarqatuvchilari bo‘lgan Aedes aegypti va Aedes albopictus chivinlari ko‘payib ketganini bildirishmoqda.
Kuchli yomg‘irlar va tayfunlar tufayli chivinlar uchun qulay muhit yaratilgan, bu esa kasallik tarqalishini kuchaytirgan. Hozircha chikungunyaga qarshi samarali vaksina yoki davo mavjud emas.
Infeksiyaning inkubatsiya davri 3–12 kun bo‘lib, bemorlarda isitma, titroq, bo‘g‘im og‘riqlari va terida toshmalar kuzatiladi. Shifokorlar aholini ehtiyot choralariga rioya qilishga chaqirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!