date

Afg‘onistonda kuchli zilzila bo‘ldi, tebranish O‘zbekistonga ham ta’sir qildi

Afg‘onistonda kuchli zilzila bo‘ldi, tebranish O‘zbekistonga ham ta’sir qildi

Bugun, 7-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:35 da Afg‘oniston hududida zilzila qayd etildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzilaning epitsentri Toshkentdan 434 kilometr janubiy-sharqda joylashgan. Yer silkinishi magnitudasi 5,2 ball bo‘lib, chuqurligi 30 kilometrni tashkil etgan. Epitsentr Afg‘oniston hududida — 37,4 daraja shimoliy kenglik va 69,93 daraja sharqiy uzunlik koordinatalarida joylashgan.

Seysmologlar ma’lumotiga ko‘ra, zilzila epitsentrida sezilish kuchi 5 ballni tashkil etgan. Tabiiy holatning ta’siri O‘zbekistonning janubiy hududlarida ham his qilingan.

Jumladan, quyidagi tumanlarda yer tebranish kuchi 2 ball darajasida bo‘lgan:

Sho‘rchi — 192 km masofada,

Uzun — 199 km,

Denov — 204 km,

Qumqo‘rg‘on — 211 km,

Sariosiyo — 211 km,

Oltinsoy — 212 km.

Mutaxassislar aytishicha, bunday kuchdagi tebranishlar aholi uchun xavf tug‘dirmaydi, ammo yer qatlamining faolligi ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Qirg‘iziston hududida 7 balllik zilzila sodir bo‘lib, uning tebranishlari O‘zbekiston va Qozog‘istonda ham sezilgan edi.

Seysmologlar hozirda Afg‘onistondagi yer silkinishi oqibatlarini o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Ularga ko‘ra, hududdagi ba’zi mahalliy binolarga kichik zarar yetgan bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda kuchli zilzila bo‘ldi, tebranish O‘zbekistonga ham ta’sir qildi