date

Saudiya Arabistoni Umra qoidalarini yengillashtirdi

Saudiya Arabistoni Umra qoidalarini yengillashtirdi

Saudiya Arabistoni hukumati Umra ziyoratiga oid muhim yangilikni ma’lum qildi — endilikda mamlakatga kirish uchun berilgan barcha turdagi vizalar egalari muqaddas Makka va Madina shaharlarida Umra ibodatini ado etishlari mumkin. Bu haqda Saudiya axborot agentligi “Haj va Umra” vazirligi ma’lumotiga tayanadi.

Yangi qarorga ko‘ra, turistik, xizmat, mehnat, oilaviy, shaxsiy va hatto tranzit (stopover) vizalari bilan kirgan fuqarolar ham Umra amallarini bajarish huquqiga ega bo‘ladi. Endi ular Saudiyaga kirish paytidanoq ziyoratni amalga oshirish imkoniyatiga yega bo‘ladilar.

Bu islohotlar Saudiya hukumati tomonidan oxirgi yillarda ziyoratchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar tizimining davomidir. Mamlakat “Nusuk Umrah” deb nomlangan zamonaviy raqamli platformani ishga tushirgan bo‘lib, u orqali ziyoratchilar mehmonxona, transport hamda ziyorat xizmatlarini onlayn tarzda buyurtma qilishi mumkin.

Hukumat vakillarining ta’kidlashicha, mazkur tashabbus nafaqat diniy ziyoratlarni yengillashtirish, balki mamlakatga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini oshirishga ham qaratilgan. Bu esa Saudiyaning “Vision 2030” dasturida belgilangan turizm va diniy sohalarni rivojlantirish yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, yangi tartibga ko‘ra, Umra amallarini bajarishni xohlagan har bir ziyoratchi “Nusuk” platformasi yoki rasmiy turoperator orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tishi shart bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni Umra qoidalarini yengillashtirdi