Twitch’da ilk marta bola tug‘ish jarayoni jonli efirda namoyish etildi

1 daqiqa o'qish375
Twitch’da ilk marta bola tug‘ish jarayoni jonli efirda namoyish etildi

Twitch platformasida ilk bor jonli efir davomida bola tug‘ilishi namoyish etildi. Translyatsiyani mashhur strimer Fandy olib borgan — u World of Warcraft, Overwatch va League of Legends o‘yinlari bo‘yicha efirlari bilan tanilgan, deb yozmoqda Rozetked.me sayti.

Efir 7-oktabrdan 8-oktabrga o‘tar kechasi (MSK vaqti bilan) o‘tkazilgan. Tug‘ruq Fandy’ning o‘z uyida, kichik shishiriladigan basseynda sodir bo‘lgan. U efir oldidan ijtimoiy tarmoqda shunday yozgan:

“Salom, Twitter! Suvlarim ketdi, demak, vaqt keldi :) Endi jonli efirga chiqaman!”

Bu Twitch’da tug‘ruq jarayonining ilk ko‘rsatilishi emas, ammo mashhur kontent yaratuvchi tomonidan olib borilgan birinchi holat sifatida tarixga kirdi.

Efir davomida Twitch bosh direktori Dan Klensi ham chatda qatnashgan. Uning ijobiy ohangdagi fikrlaridan ma’lum bo‘lishicha, bu efir platforma qoidalariga zid emas.

Translyatsiya yozuvi hozircha ochiq — uni 660 mingdan ortiq kishi tomosha qilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?