78 yoshli shotlandiyalik ayol Fortnite o‘yini bo‘yicha jahon rekordini yangiladi

1 daqiqa o'qish135
78 yoshli shotlandiyalik ayol Fortnite o‘yini bo‘yicha jahon rekordini yangiladi

78 yoshli shotlandiyalik geymer Kit Boui kompyuter o‘yinlari tarixida o‘z nomini qoldirdi. U Fortnite o‘yinini Twitch platformasida muntazam efirga uzatib kelayotgan eng keksa ayol strimer sifatida Guinness World Records rekordini qo‘lga kiritdi.

Kit Boui qariyb to‘qqiz yildan buyon Twitch platformasidagi «grumpygran48» nomi ostida o‘zining o‘yin jarayonlarini jonli efirda namoyish qilib kelmoqda. Uning Fortnite'ga bo‘lgan qiziqishi esa 2017 yilda, nabirasi ushbu mashhur onlayn o‘yinni o‘ynayotganini ko‘rganidan keyin boshlangan.

Nabirasi o‘ynayotganini kuzatish Bouida darhol qiziqish uyg‘otgan. Avvaliga o‘yinni shunchaki kuzatgan shotlandiyalik ayol keyinchalik Fortnite'ni o‘zi ham sinab ko‘rishga qaror qilgan. Vaqt o‘tishi bilan bu qiziqish oddiy mashg‘ulotdan doimiy o‘yinchilik va striming faoliyatiga aylangan.

Guinness World Records'ga bergan intervyusida Boui Fortnite'ni o‘ynayotganiga qariyb to‘qqiz yil bo‘lganiga qaramay, hanuz ushbu o‘yinni avvalgidek katta ishtiyoq bilan o‘ynashini aytdi.

78 yoshli geymer boshqa bir qator kompyuter o‘yinlarini ham sinab ko‘rgan. Biroq ularning hech biri unda Fortnite kabi qiziqish uyg‘ota olmagan. Shu sababli Boui o‘zini oddiy «geymer» deb atashdan ko‘ra, «Fortniter» — ya’ni Fortnite o‘yinchisi deb ta’riflashni afzal ko‘radi.

Yoshi katta bo‘lishiga qaramay, Boui striming faoliyatini davom ettirmoqda. Uning uzoq yillar davomida Fortnite o‘ynashi va Twitch'da kontent yaratishi kompyuter o‘yinlariga bo‘lgan qiziqish har qanday yoshda ham davom etishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?