date

Prezident tug‘ilishni oshirishning samarali usulini taklif qildi

Prezident tug‘ilishni oshirishning samarali usulini taklif qildi

Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon mamlakatda tug‘ilish darajasini oshirish bo‘yicha yangi tashabbus ilgari surdi. Uning fikricha, yoshlar uchun ish va shaxsiy hayot o‘rtasida barqaror muvozanat yaratish — demografik inqirozni yengishning asosiy kaliti. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.

Prezident “Uzoq ish vaqti yoshlarning martaba va oilani birlashtirishiga to‘sqinlik qiladi” nomli tadqiqotni misol keltirdi. Unda janubiy koreyaliklar yiliga o‘rtacha 1874 soat ishlashi, bu ko‘rsatkich Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bo‘yicha o‘rtachadan 130 soatga ko‘p ekani ta’kidlangan.

Shu sababli, hukumat 2030-yilgacha ish vaqtini haftasiga 40 soatdan 36 soatga qisqartirish, keyin esa 4 kunlik ish haftasini joriy etishni rejalashtirmoqda. Eng muhimi, ish haqi o‘zgarmaydi.

Kasaba uyushmalari bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, uni “tug‘ilishni ko‘paytirishga olib keladigan yagona chora” deb atadi. Ammo biznes doiralari bu o‘zgarish iqtisodiy o‘sishga ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Ma’lumot uchun, Janubiy Koreya dunyoda tug‘ilish darajasi eng past bo‘lgan davlat hisoblanadi. Hozirda har bir ayolga o‘rtacha 0,75 nafar bola to‘g‘ri keladi. Shuning uchun yangi islohotlar mamlakat demografik barqarorligi uchun muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Prezident tug‘ilishni oshirishning samarali usulini taklif qildi