date

Putin dunyodagi yadroviy raqobat haqida ochiq gapirdi

Putin dunyodagi yadroviy raqobat haqida ochiq gapirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ta’kidlashicha, dunyoda yadroviy qurollanish bo‘yicha kurash amalda boshlanib bo‘lgan. U bu haqda 10-oktyabr kuni Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlaridan keyin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida gapirdi.

“Aslida, aytish mumkinki, ma’lum bir yadroviy poyga boshlandi. Hozirda turli davlatlar bu yo‘nalishda faol harakat qilmoqda”, — dedi Putin.

Rossiya rahbari, shuningdek, mamlakatda yangi avlod qurollarining ishlab chiqilishi haqida to‘xtalib o‘tdi.

“O‘ylaymanki, yaqin vaqtlarda biz bir necha yil avval e’lon qilgan yangi qurollar haqida ma’lumot berish imkoniyatiga egamiz. Ular sinov bosqichidan o‘tmoqda va natijalar umidbaxshdir”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, agar Qo‘shma Shtatlar strategik hujumkor qurollarni qisqartirish bo‘yicha bitimni uzaytirishdan bosh tortsa, bu Rossiya uchun hal qiluvchi omil bo‘lmaydi. U Rossiyaning yadroviy to‘xtatuvchi salohiyati hozirda dunyodagi eng yuqori darajada ekanini ta’kidladi.

Sentyabr oyi oxirida Rossiya prezidenti Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Vashington ham xuddi shunday qaror chiqarsa, Moskva shartnoma qoidalariga yana bir yil amal qilishga tayyorligini bildirgan edi. Shu bilan birga, Putin yadroviy qurollarni to‘g‘ridan to‘g‘ri cheklovchi oxirgi xalqaro kelishuv muddati yakunlanishi bilan u kuchini yo‘qotishiga urg‘u berdi.

Keyinchalik AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan uchrashuvda Putinning bu taklifini “yaxshi g‘oya” deb baholadi, biroq bu borada qo‘shimcha ma’lumot berishni yoki izoh berib o‘tishni ma’qul ko‘rmadi.

Shu tariqa, yadroviy qurollar borasidagi tortishuv yana bir bor jahon siyosiy maydonida asosiy mavzuga aylandi — har bir davlat o‘z xavfsizlik chegarasini aniq belgilashga urinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin dunyodagi yadroviy raqobat haqida ochiq gapirdi