2025 yil 1 noyabrdan boshlab AQSH Xitoy mahsulotlariga nisbatan qo‘shimcha 100 foizlik boj to‘lovini joriy etadi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp Truth Social tarmog‘ida ma’lum qildi, deb xabar berdi.
“1 noyabrdan (yoki Xitoyning keyingi harakatlariga qarab oldinroq) boshlab AQSH tomonidan Xitoyga 100 foizlik tarif joriy qilinadi. Bu hozirgi tariflardan tashqari bo‘ladi”, – deb yozdi Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu chora Xitoyning 1 noyabrdan deyarli barcha mahsulotlariga eksport cheklovlarini joriy etish rejasiga javob sifatida qabul qilinmoqda.
Shu kunidan boshlab AQSH, ayniqsa dasturiy ta’minot va ikki maqsadli – ya’ni fuqarolik va harbiy sohalarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan texnologiyalarga nisbatan eksport nazoratini ham kuchaytiradi.
Yangi tartiblarga ko‘ra, Xitoyda ishlab chiqarilgan mahsulotda oz miqdorda noyob yer metallari bo‘lsa ham, eksport qilish uchun maxsus litsenziya talab etiladi. Bu talab faqat metallarga emas, balki ularni qazib olish, qayta ishlash, utilizatsiya va magnet materiallar ishlab chiqarish texnologiyalariga ham taalluqli bo‘ladi.
Xitoy hukumati bu cheklovlarni milliy xavfsizlik, davlat manfaatlarini himoya qilish hamda tarqalishni nazorat qilishga oid xalqaro majburiyatlarni bajarish maqsadida kiritganini ma’lum qildi.
AQSH Xitoy mahsulotlariga 100 foizlik boj joriy etadi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar