date

AQSH Meksika bilan chegarada “aqlli devor” qurmoqda

AQSH Meksika bilan chegarada “aqlli devor” qurmoqda

Amerika Qo‘shma Shtatlari Meksika bilan chegara bo‘ylab zamonaviy “aqlli devor” qurish loyihasini boshladi. Newsmax telekanali xabar berishicha, Donald Tramp ma’muriyati bu maqsadda 4,5 milliard dollar ajratib, qurilish ishlari uchun o‘nta shartnoma imzolagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 15–30-sentyabr oralig‘ida tuzilgan kelishuvlar “One Big Beautiful Bill” qonuni doirasida amalga oshirilmoqda. Unga muvofiq, 370 kilometrlik devor va 640 kilometr texnologik infratuzilma qurilishi rejalashtirilgan.

“Smart Wall” tizimi an’anaviy to‘siqlardan farqli ravishda po‘lat konstruksiyalar, patrul yo‘llari, yoritish uskunalari, kameralar va sensorlar bilan jihozlanadi. Bu texnologiya chegarani noqonuniy kesib o‘tish holatlarini real vaqtda kuzatish imkonini beradi.

Bojxona va chegara nazorati xizmati bayonotida ta’kidlanishicha, bu loyiha Tramp ma’muriyatining chegara xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha bergan va’dalarini amalga oshirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Tramp o‘z inauguratsiyasidayoq AQSHga noqonuniy kirishni to‘xtatish va muhojirlar oqimini cheklash niyatida ekanini bildirgan hamda janubiy chegarada favqulodda holat e’lon qilgan edi.

Mutaxassislar fikricha, yangi “aqlli devor” fizik to‘siq bilan raqamli nazoratni uyg‘unlashtirib, migratsiya va kontrabanda holatlarini sezilarli darajada kamaytiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Meksika bilan chegarada “aqlli devor” qurmoqda