Dunyoning eng boy insonlari bir kunda rekord darajada boyidi
1 daqiqa o'qish9.4K

15 iyun kuni jahon bozorlaridagi o‘sish dunyoning eng badavlat insonlari boyligiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, eng boy 500 kishining umumiy aktivlari bir kunda 336 milliard dollarga oshdi.
Bu ko‘rsatkich kuzatuvlar tarixidagi eng yirik kunlik o‘sish sifatida baholanmoqda. Natijada ularning jami boyligi 13,3 trillion dollarga yetdi.
Ilon Mask esa ro‘yxatda yanada ilgarilab, boyligini 1,27 trillion dollarga yetkazgani aytilmoqda.
Bozorlardagi ijobiy kayfiyatga AQSH va Eron o‘rtasida Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha kelishuv, shuningdek SpaceX aksiyalariga bo‘lgan yuqori talab sabab bo‘lgan.
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…