date

Afg‘oniston va Pokiston chegarasida og‘ir to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi

Afg‘oniston va Pokiston chegarasida og‘ir to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi

11-oktyabr kuni kechqurun Afg‘oniston va Pokiston chegarasidagi bir nechta uchastkalarda og‘ir qurollar bilan to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Afg‘oniston tomonidan Pokiston chegara postiga o‘q ochilgani aytilmoqda, shundan keyin Pokiston javoban artilleriya zarbalarini bergan, deb yozmoqda UPL.uz sayti.

12-oktyabr tongida janglar shiddati kamaygan bo‘lsa-da, Kurram tumani atrofida alohida otishmalar davom etgan. Pokiston rasmiylarining ma’lum qilishicha, ular Afg‘oniston hududidagi bir nechta harbiy nuqtalarga zarba bergan va ayrim ustuvor pozitsiyalar yo‘q qilingan.

Afg‘oniston tomoni esa Pokistonning bir nechta blok-postlarini egallab olganini ma’lum qilgan.

Kabul ma’lumotlariga ko‘ra, Pokistonning 58 harbiysi halok bo‘lgan;

Islamabod esa 23 nafar harbiy yo‘qotilgani va 200 dan ortiq “Texrik-i-Talibon Pokiston” (TTP) guruh a’zolari nobud etilganini bildirgan.

Bu raqamlar mustaqil manbalar tomonidan hozircha tasdiqlanmagan.

Hodisadan avval Afg‘oniston hukumati Pokistonni havo hujumlari uyushtirishda ayblagan, Islamabod esa bu ma’lumotni rad etib, hujum TTP yetakchisi Nur Vali Mexsudga qaratilganini aytgan.

12-oktyabr kuni Pokiston xavfsizlik nuqtayi nazaridan Torkham, Chaman, Xarlachi, Angur-Adda va Gulam-Xon chegara postlarini yopdi. Bu orqali ikki davlat o‘rtasidagi savdo va yo‘lovchi qatnovi vaqtincha cheklandi.

Hozirda ikki davlat o‘zaro ayblovlarni davom ettirmoqda. Islamabod TTP Afg‘oniston hududidan harakat qilmoqda, deb hisoblasa, Kabul bu ayblovlarni rad etmoqda.

Xalqaro hamjamiyat ikki tomonni deskalatsiya va muzokaraga chaqirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston va Pokiston chegarasida og‘ir to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi