date

Luvrda yirik o‘g‘irlik: Napoleon davriga oid boyliklar yo‘qoldi

Luvrda yirik o‘g‘irlik: Napoleon davriga oid boyliklar yo‘qoldi

Fransiya poytaxti Parijda joylashgan dunyodagi eng mashhur muzey — Luvrda juda katta o‘g‘irlik sodir bo‘ldi. 19-oktyabr kuni noma’lum shaxslar Napoleon Bonapart davriga tegishli noyob zargarlik buyumlarini muzeydan olib chiqib ketgan. Bu haqda “Bild” nashri ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchilar muzeyning Sen daryosi tomon joylashgan qismiga qurilish maydoni orqali kirishgan. Ular oynani sindirib, ehtiyotkorlik bilan ichkariga yo‘l ochishgan. O‘g‘irlangan ashyolar orasida Napoleonning rafiqasi Jozefinaga tegishli bo‘lgan, tarixiy qiymati juda baland sanalgan brosh, tiara va bezakli g‘ilof kabi to‘qqizta noyob buyum bor.

Fransiya madaniyat vaziri Rashida Dati hodisani rasman tasdiqlab, jabrlanganlar yo‘qligini bildirgan. Hozirda Luvr muzeyi vaqtincha yopilgan bo‘lib, politsiya va tergovchilar voqea joyida ish olib bormoqda.

Fransiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, o‘g‘irlik bo‘yicha Interpol darajasida qidiruv ishlari boshlangan. Shu bilan birga, muzeyning xavfsizlik tizimi to‘liq qayta ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda.

Mahalliy manbalar ta’kidlashicha, ushbu voqea nafaqat Luvr, balki butun Yevropa muzeylari uchun jiddiy saboq bo‘lishi mumkin. San’atshunoslar bu hodisani “so‘nggi yillarda Yevropada sodir bo‘lgan eng yirik madaniy o‘g‘irlik” sifatida baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval ham Napoleon Bonapartga tegishli qimmatbaho qilich auksion orqali sotilgan edi. Endi esa uning davriga oid buyumlar yana qimmatli tarixiy yo‘qotish sifatida tilga olinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Luvrda yirik o‘g‘irlik: Napoleon davriga oid boyliklar yo‘qoldi