
Ugandada marshrutka haydovchisi sigir bilan to‘qnashuvdan qochishga urinib, boshqa mashinalarga urilishi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda "Frans Press" axborot agentligiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
"Voqea katta tezlikda kelayotgan avtobus taksisi yo‘lni kesib o‘tayotgan sigir bilan to‘qnashuvdan qochishga urinishi vaqtida boshqa avtobus va yuk mashinasiga urilishi oqibatida yuz berdi", deb ma’lum qildi polisiya vakili.
Axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 8 kishi voqea joyida, qolgan 6 kishi esa shifoxonada halok bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida yana 9 kishi jarohat olgan. Mashinalardan birining zarbasidan sigir ham nobud bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar