Ronaldu shokda: o‘g‘li bir haftada 9 mln dollar sarfladi

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu o‘g‘li bir hafta davomida 9 million dollardan ortiq mablag‘ni superkarlar va boshqa qimmatbaho buyumlarga sarflaganini bilgach, hayratda qolgani aytilmoqda.
Bu haqda «Haberler» nashri xabar berdi.
Xabarlarga ko‘ra, Ronaldu ma’lum muddat davomida o‘g‘liga o‘z kredit kartasidan foydalanishga ruxsat bergan. Biroq bank hisobvarag‘ida qayd etilgan 1,8 million dollarlik tranzaksiya futbolchining e’tiborini tortgan.
Shundan so‘ng u boshqa xarajatlarni ham tekshirtirgan. Natijada o‘g‘li bir hafta ichida superkarlar va turli qimmatbaho buyumlar xaridi uchun 9 million dollardan ortiq mablag‘ sarflagani aytilmoqda.
Ushbu katta miqdordagi xarajatlardan so‘ng Ronaldu o‘z jamoasiga qo‘ng‘iroq qilib, kredit kartasini bloklatgani va o‘g‘lining hisoblariga kirish imkoniyatini cheklagani da’vo qilinmoqda.
Biroq bu ma’lumotlar hozircha Krishtianu Ronaldu yoki uning vakillari tomonidan rasman tasdiqlanmagan. Shu bois xabarda keltirilgan raqamlar va voqea tafsilotlariga hozircha da’vo sifatida qaralmoqda.
Ma’lumot uchun, 16 yoshli Krishtianu Ronaldu Junior hozirda «Al-Nasr» klubining yoshlar jamoasida futbol o‘ynamoqda.






























Izohlar 0
…