Bobur Yo‘ldoshev unvonni eshitib shokka tushganini aytdi (video)

Bobur Yo‘ldoshev unvonni eshitib shokka tushganini aytdi (video)

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan aktyor Bobur Yo‘ldoshev ushbu yuksak e’tirof haqidagi xabarni ilk bor eshitganidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Aktyorga: “Bobur aka, yaqinda 'O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist' unvonini oldingiz. Bu xabarni birinchi eshitganingizda qanday his-tuyg‘ularni boshdan kechirdingiz?” deya savol berildi.

Bobur Yo‘ldoshev bu xabar u uchun mutlaqo kutilmagan bo‘lganini ta’kidladi.

“Shokka tushib qoldim, chunki bu xabar men uchun kutilmagan edi. Ishongim kelmadi. Hatto mukofotni olayotganimda ham bunga to‘liq ishonmadim. Hali ham to‘liq ishonganim yo‘q. Albatta, bu yurtboshimizning o‘z qo‘llaridan mukofot olish men uchun juda katta baxt va mas’uliyat. Umuman, kamtarona mehnatimizni ko‘rib, vaqt ajratib, munosib baho berib mukofotlaganlari — men uchun katta baxt”, — dedi aktyor.

Aktyorning muxlislari ham uning yangi unvonini iliq kutib oldi. Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda muxlislar Bobur Yo‘ldoshevni samimiy tabriklab, yutuqlari bardavom bo‘lishini tilashmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar