date

GPS xatosi qariyani Fransiyadan Xorvatiyagacha olib bordi

GPS xatosi qariyani Fransiyadan Xorvatiyagacha olib bordi

Fransiyaning g‘arbiy qismida yashovchi 85 yoshli qariya shifokor qabul qilishiga ketar ekan, tasodifan 1,5 ming kilometr uzoqlikdagi Xorvatiyagacha yetib bordi. Bu haqda Pravilamag nashri xabar berdi.

Shatiyon-syur-Tue kommunasida yashovchi bu kishi aslida uyidan bor-yo‘g‘i 19 km uzoqda joylashgan Ervo shaharchasiga borishi kerak edi. Biroq navigatsiya tizimi — GPS xatolikka yo‘l qo‘yib, uni butun Yevropani kesib o‘tishga majbur qildi.

Qariya uzoq sayohati davomida Fransiya va Italiya orqali harakatlanib, taxminan 20 soat to‘xtamay yo‘l yurgan. U Xorvatiya hududiga kirganidan so‘ng mehmonxonada to‘xtagan va aynan shu yerda topilgan.

Oila a’zolari uning yo‘qolganini bir necha kundan so‘ng anglab yetib, politsiyaga murojaat qilishgan. Hukumat harbiy xizmatlar yordamida uning telefoni geolokatsiyasi orqali joylashuvini aniqlagan.

Qizig‘i shundaki, qariya hech qanday sog‘liq yoki xotira muammolariga duch kelmagan va sodir bo‘lgan voqeadan o‘zining ham hayratga tushganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “faqat GPS ko‘rsatmalarini bajarganini” aytgan.

Hozirda uning oilasi Xorvatiyaga yetib borib, qariyani uyiga olib ketmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » GPS xatosi qariyani Fransiyadan Xorvatiyagacha olib bordi