date

Marsda vaqt Yerdagidan tezroq o‘tadi: olimlar aniqladi

Marsda vaqt Yerdagidan tezroq o‘tadi: olimlar aniqladi

AQSH Milliy standartlar va texnologiyalar instituti (NIST) fiziklari Marsda vaqt Yerdagiga nisbatan qanday farq qilishini aniqlab, bu haqda The Astronomical Journal nashrida ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Qizil sayyora”da vaqt tezligi yil davomida doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Marsda bir kun Yerdagidan 40 daqiqa uzoq, yil esa qariyb ikki barobar uzun. Bu faktlar ilgari ham fan oldida ma’lum edi, ammo olimlarni sayyorada sekundning aniq tezligi ko‘proq qiziqtirdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Marsdagi soat Yerdagidan kuniga taxminan 477 mikrosekund tezroq yuradi. Shu bilan birga, sayyoraning elliptik orbitasi va Quyoshning gravitatsion ta’siri tufayli bu ko‘rsatkich yiliga 226 mikrosekundga o‘zgarishi mumkin.

Fizik Bijunat Patlana ta’kidlashicha, Marsda vaqt qanday kechishini tushunish kelgusi tadqiqot missiyalari uchun muhim ahamiyatga ega. Bu ma’lumotlar navigatsiyani va aloqani sinxronlashda qo‘l keladi, shuningdek, kelgusida Quyosh tizimidagi boshqa sayyoralar uchun ham GPS-tipi tizimlarni yaratish imkonini beradi.

Hozirda Yer va Mars o‘rtasidagi signal aloqa vaqti 4–24 daqiqa orasida o‘zgarib turadi. Vaqtning aniq sinxronlanishi sayyoralar o‘rtasida ma’lumotlarni yo‘qotmasdan deyarli real vaqt tartibida muloqot qilishni ta’minlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Marsda vaqt Yerdagidan tezroq o‘tadi: olimlar aniqladi