Ronaldu va Messining Instagramdagi bitta reklama posti qancha turishi ma’lum bo‘ldi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Krishtianu Ronaldu Instagram’dagi bitta homiylik posti uchun taxminan 3,2 million dollar oladi, bu uni ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi o‘ringa olib chiqadi.
- Lionel Messi esa 2,7 million dollar bilan ikkinchi o‘rinda turadi.
- Ushbu reyting LiveScore ma’lumotlariga asoslangan bo‘lib, unda Virat Koli, Neymar va Lebron Jeyms ham o‘rin olgan.
- Bu ko‘rsatkichlar sportchilarning auditoriya hajmi va kommersiya qiymati asosida hisoblangan taxminiy summalardir.
“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Instagramda bitta homiylik posti eng qimmat baholanayotgan sportchilardan biri bo‘lib turibdi. Bu haqda LiveScore ma’lumotlariga tayangan xorijiy nashrlar xabar berdi.
So‘nggi hisob-kitoblarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchining Instagramdagi bitta homiylik posti taxminan 3,2 million dollarga baholanmoqda. Bu faqat bitta reklama posti uchun hisoblangan taxminiy qiymatdir.
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi ikkinchi o‘rinda qayd etilgan. Argentinalik futbolchining bitta homiylik posti taxminan 2,7 million dollarga baholangan.
Reytingning uchinchi pog‘onasidan hindistonlik kriketchi Virat Koli joy olgan. Uning bitta reklama posti taxminan 1,46 million dollarga baholanmoqda.
Braziliyalik futbolchi Neymarning ko‘rsatkichi 1,21 million dollar bo‘lsa, NBA yulduzi Lebron Jeymsning bitta homiylik posti 866 ming dollar atrofida baholangan.
Shunday qilib, LiveScore ma’lumotlarida eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan besh sportchi quyidagicha:
— Krishtianu Ronaldu — 3,2 million dollar;
— Lionel Messi — 2,7 million dollar;
— Virat Koli — 1,46 million dollar;
— Neymar — 1,21 million dollar;
— Lebron Jeyms — 866 ming dollar.
Qayd etish kerakki, mazkur summalar sportchilarning o‘zlari yoki ularning vakillari tomonidan e’lon qilingan rasmiy reklama tariflari emas. Ular ijtimoiy tarmoqdagi auditoriya hajmi va kommersiya qiymati kabi ko‘rsatkichlar asosida hisoblangan taxminiy summalardir. Shu sababli amaldagi reklama shartnomasi narxi brend, reklama kampaniyasi va hamkorlik shartlariga qarab farq qilishi mumkin.






























Izohlar 0
…