Jerar Pike Javohir Sindorov va Bibisora Assaubayevaning jamoasini tabrikladi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Jerar Pike, "Barselona"ning sobiq futbolchisi va jahon chempioni, Global Chess League-2026 turnirida uchinchi o‘rinni egallagan "Fyers American Gambits" jamoasini Instagram orqali tabrikladi.
- Ushbu jamoa tarkibida o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov va qozog‘istonlik Bibisora Assaubayeva ham ishtirok etdi.
- "Fyers American Gambits" jamoasi bronza medallari uchun kechgan bahsda "CheQ Mumba Masters"ni ikki marta mag‘lub etib, umumiy hisobda 7,5:4,5 g‘alaba qozondi.
“Barselona”ning sobiq futbolchisi, Ispaniya terma jamoasi safida 2010 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan va Chempionlar ligasida to‘rt marta zafar quchgan Jerar Pike “Fyers American Gambits” jamoasini Global Chess League-2026 turniridagi uchinchi o‘rin bilan tabrikladi. Bu haqda u Instagram sahifasida ma’lum qildi.
“Salom, bolalar. Sizlarni tabriklamoqchi edim. Biz uchinchi o‘rinni egalladik va menimcha, sizlar ajoyib ish qildingiz. G‘alabaga juda yaqin keldik. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, men sizlar bilan juda faxrlanaman. Ishonchim komilki, kelajakda albatta g‘alaba qozonamiz. American Gambits, olg‘a!” deydi Pike.
Bengaluruda o‘tkazilgan Tech Mahindra Global Chess League-2026 jamoaviy turnirida “Fyers American Gambits” safida o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov va qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Assaubayeva ham ishtirok etdi. Jamoa turnirini bronza medallari bilan yakunladi.
Uchinchi o‘rin uchun kechgan ikki o‘yinli bahsda “Fyers American Gambits” “CheQ Mumba Masters”ni har ikki uchrashuvda mag‘lub etdi. Birinchi bahs 3,5:2,5, ikkinchisi esa 4:2 hisobida yakunlandi. Natijada jamoa umumiy 7,5:4,5 hisobida g‘alaba qozonib, uchinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqa davomida Sindorov bir qator kuchli raqiblarga qarshi muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bibisora Assaubayeva ham jamoaning natijasiga hissa qo‘shdi.
Ma’lumot uchun, Jerar Pike 2026 yil 18 avgust kuni rasman “Fyers American Gambits” jamoasining strategik aksiyadoriga aylangan. U jamoaning uchinchi Global Chess League mavsumida Javohir Sindorov, Bibisora Assaubayeva va boshqa kuchli shaxmatchilar bilan birga ishtirok etadigan loyihaga investor sifatida qo‘shilgan.






























Izohlar 0
…