Elon Muskning Oy shahri rejasiga fizika qonunlari g‘ov bo‘lmoqda

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Olimlar Elon Muskning Oyda million kishilik shahar qurish rejasini jismoniy cheklovlar tufayli amalga oshirish qiyinligini aniqladilar.
- Oyning suv muzi zahirasi, hatto eng optimistik hisob-kitoblarga ko'ra ham, million kishilik aholi punktini uzoq muddat ta'minlashga yetmaydi.
Ixbt.com maʼlumotiga koʻra, milliarder Elon Musk oʻn yil ichida Oysiz “samarali oʻsuvchi shahar” qurishni rejalashtirayotgan bir paytda, olimlar bu g‘oya keskin jismoniy cheklovlarga uchrashini hisoblab chiqishdi. Smithsonian astrophysical observatory tadqiqotchilari Oy resurslari million kishilik aholi punktini taʼminlay oladimi yoki yo‘qmi degan savolga ilmiy nuqtai nazardan javob izladilar. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Hozirgi vaqtda eng ishonchli baholarga koʻra, qutblardagi doimiy soyada joylashgan sakkizta yirik kratertuzilmalarda taxminan 34 million tonna suv muzi mavjud. 2013-yilgi radarlar maʼlumotlariga asoslangan eng optimistik hisob-kitoblar esa bu zahirani bir necha yuz milliondan tortib bir milliard tonnagacha baholaydi. Olimlar ataylab eng saxovatli koʻrsatkich — bir milliard tonna suvni asos qilib olishdi.
Suv resurslarining cheklangani va isteʼmol hajmi
Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, hatto bir milliard tonnalik zahira ham million kishilik shahar uchun uzoqqa yetmaydi. Amerikalik normalarga koʻra, bir kishi shaxsiy ehtiyojlari, ichimlik va gigiyena uchun yiliga taxminan 125 tonna suv sarflaydi. Yopiq gidroponika ferma sharoitida ham oziq-ovqat yetishtirish har bir insonga yana 580 tonna atrofida suv talab etishini hisobga olsak, umumiy hajm keskin oshib ketadi.Agar har qanday qayta ishlash texnologiyasidan voz kechildi deylik, bir million aholi yiliga yarim milliard tonna suv isteʼmol qiladi va mavjud zahira atigi 2,4 yilda tugaydi. Xalqaro kosmik stansiya darajasidagi eng yuqori — 98 foizlik resiklgn qoʻllanilganda ham, shahar bir asrdan sal koʻproq vaqt yashashi mumkin. Biroq mutaxassislar butun boshli shahar miqyosida bunday yuqori koʻrsatkichni oʻnlab yillar davomida ushlab turish hozircha tayyor muhandislik yechimiga ega emasligini taʼkidlaydilar.
Energetika va mavjud muqobil yo‘llar
Qizig‘i shundaki, suvni raketa yoqilg‘isiga aylantirish asosiy muammo emas. Bir milliard tonna suv qariyb bir million Starship kemasini yoqilg‘i bilan taʼminlashga yetadi. Asosiy nozik nuqta ayniqsa kosmik logistika emas, balki aynan hayotni taʼminlash tizimidir. Energiya masalasiga kelganda esa, qutblardagi doimiy yorug‘lik cho‘qqilariga o‘rnatiladigan quyosh ferma majmualari va yadro reaktorlari million kishilik shahar hamda uning sanoatini to‘liq quvvat bilan taʼminlay oladi.- Suv sarfini vegetarian parhiz va vertikal fermalar orqali kamaytirish mumkin, ammo bu faqat vaqtinchalik yechimdir.
- Asteroidlardan suv import qilish texnik jihatdan bajarilishi mumkin, biroq u yuk transportining kuniga 27 martadan qo‘nishini talab qiladi.
- Qayta ishlash samaradorligini o‘n barobarga oshirish nazariy jihatdan imkoni bor, biroq buni o‘n yillar davomida amalda saqlab qolish amri mahol.






























Izohlar 0
…