date

Messi Hindistonda: Vazirning "noaniq" paslari va qo‘riqchining "ma’shuqona" qo‘l siqishi!

Messi Hindistonda: Vazirning "noaniq" paslari va qo‘riqchining "ma’shuqona" qo‘l siqishi!

Argentina milliy jamoasi yulduzi Lionel Messining Hindistondagi sayohati Kalkuttadagi tartibsizliklardan so‘ng, mamlakat janubidagi Haydarobod shahriga ko‘chdi. Bu yerda futbolchi nisbatan tinch muhitda kutib olindi va tashkilotchilikka jiddiy e’tirozlar bo‘lmadi. Ushbu tashrifdan eng ko‘p tarqalgan lavha — Messining mahalliy rasmiy, Telingana shtatining Bosh vaziri Revant Reddi bilan birgalikda mahorat darsida ishtirok etishi bo‘ldi.

Vazir mashg‘ulotlari: Messi ko‘p yugurtirildi

Mashg‘ulot chog‘ida 56 yoshli amaldorning birorta uzatmasi ham aniq manzilga bormadi. Ta’kidlash joizki, anchadan beri hech kim Messini to‘p ortidan bunchalik ko‘p yugurtirmagan edi. Bu holatni Leoning do‘stlari, mahalliy kishilar unchalik tanimaydigan Luis Suares va Rodrigo De Paul tabassum bilan kuzatib turishdi.

Aytish mumkinki, tadbirning tashkilotchilik darajasi vazirning futbol o‘ynash mahoratidan ancha ustun bo‘ldi.

Qiziqarli voqea: Tadbirdagi yana bir baxtli kishi — Messi bilan qo‘l berib salomlashgan qo‘riqchi bo‘ldi. Ammo bu vazirga uncha yoqmadi.

Gollar va koyish

Qiziqarli mashg‘ulotdan so‘ng, Messi va vazir ikki jamoada bir-biriga qarshi kichik futbol o‘yinini o‘tkazishdi. Siyosatchi hatto bir marta gol ham urdi, Leo esa dubl (ikki gol) qayd etdi.

O‘yin tugab, stadionni tark etishda Reddi qo‘riqchini koyib bergan. Chunki qo‘riqchi ish vaqtida o‘zini tiyib tura olmasdan, Messining qo‘lini siqishga jur’at etgandi. Vazir esa unga o‘qrayib qaragan va e’tiroz bildirgan. Lekin xodim bu holatdan unchalik xafa bo‘lmagan ko‘rinadi.

O‘yin kriket uchun mo‘ljallangan va mamlakatning sobiq bosh vaziri Radjiv Gandi nomidagi stadionda bo‘lib o‘tgan.

Siyosatchilar paradi

Messini ko‘rish uchun shaharga parlamentdagi muxolif kuchlar yetakchisi va Neru-Gandi siyosiy sulolasining beshinchi avlodiga mansub bo‘lgan Rahul Gandi ham tashrif buyurdi. U stadionga siyosatchi opasi Priyanka Gandining farzandlari bilan birga kelgan. Hozirda Hindistonda barcha Messi bilan ko‘rishishga oshiqmoqda: Kalkuttada Bollivud yulduzi Shohrux Xon ham o‘g‘lini futbolchi bilan uchrashtirish uchun olib kelgandi.

Kelajakdagi rejalar: Messi hozirgacha Hindiston janubi va sharqida bo‘ldi. Endi u g‘arbga — Mumbayga safar qilmoqda, keyin esa shimolga — poytaxt Nyu-Deliga boradi. U yerda Leo mamlakatning amaldagi bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

Kalkuttadagi keskinlik: Faryod va vayronagarchilik

Messining bu mamlakatga tashrifi Kalkutgadagi havo maydonida boshlangan va o‘sha yerdayoq muxlislarning tartibsizligiga sabab bo‘lgan. Asosiy tadbir — 70 ming kishilik «Solt-Leyk» stadionidagi ko‘rgazmali o‘yin — amaldorlar va qo‘riqchilarning futbolchini qurshab olishi tufayli hafsalani pir qilgan tadbirga aylandi.

Natijada Messini deyarli ko‘ra olmagan va tashkilotchilikdan norozi bo‘lgan muxlislar avvaliga hushtakbozlik qilib, so‘ng maydonga turli buyumlar uloqtirishgan. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan, qo‘riqchilar futbolchini muddatidan oldin stadiondan olib ketgan. Bu esa muxlislarni yanada g‘azablantirib, ular maydonga yugurib tushib, hammayoqni vayron qilishgan.

Muxlis so‘zlari: “Biz siyosatchilar selfi olishini tomosha qilish uchun minglab rupiy to‘ladik, Messi esa bir necha daqiqada g‘oyib bo‘ldi”.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Messi Hindistonda: Vazirning "noaniq" paslari va qo‘riqchining "ma’shuqona" qo‘l siqishi!