08:47 / 08.02.2017
6 153

AQSh Rossiyaga qarshi axborot urushini kuchaytirmoqchi

AQSh Rossiyaga qarshi axborot urushini kuchaytirmoqchi

AQSh Davlat departamenti qoshida agentliklararo faoliyat yurituvchi Global hamkorlik aloqalari markazining (Global Engagement Center, GEC) vakolatlari senatorlar Rob Portman va Kris Merfi tashabbusiga ko‘ra kengaytirildi. Bu haqda "The Dailybeast"ga tayanib Qalampir.uz xabar berdi.

Shu yilning uchinchi choragidan to‘laqonli ishga tushishi rejalashtirilgan Global hamkorlik aloqalari markazi faoliyati uchun 160 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratildi. Endilikda markaz “aniq va shaffof rus jurnalistikasi”ni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ham ish olib boradi. Bundan tashqari, tashkilotchilar markazning xorijiy axborot kampaniyalari va hurujlarini kuzatib, tahlil qilishini hamda mustaqil jurnalistlar, nashrlar uchun grantlar e’lon qilishini ma’lum qilgan. Shu bois senatorlar Jon Makkeyn va Ben Kardin loyiha byudjetini yana 100 million AQSh dollariga ko‘tarishni tavsiya etmoqda.

Markaz sobiq prezident Barak Obama hukumati davrida tashkil topgan bo‘lib, asosiy vazifasi IShID terrorchilik guruhining axborot targ‘ibotlariga qarshi turish deb belgilangan edi. Dastlab, besh million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ga ega bo‘lgan idora, endilikda axborot urushida Rossiyani o‘zining asosiy raqibi sifatida ko‘rmoqda, deb RIA Novosti nashri izoh bermoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Rossiyaga qarshi axborot urushini kuchaytirmoqchi