Tramp Maduroni qo‘lga olish operatsiyasi qanday o‘tganini ma’lum qildi

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning AQSH maxsus kuchlari tomonidan «qal’a ichida» qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Trampning aytishicha, Maduro va uning rafiqasi Amerikaga Iwo Jima aviatashuvchi kemasi orqali Nyu-Yorkka olib kelinadi.
«Ularni vertolyotda aviatashuvchiga keltirishgan va ishonchim komil, bu parvoz ularga yog‘gan. Lekin ular ko‘plab odamlarni o‘ldirgan, buni yodda tutish lozim», – dedi AQSH prezidenti.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Venesuela rahbarini qo‘lga olish uchun o‘tkaziladigan operatsiya avvaliga to‘rt kun oldin amalga oshirilishi kerak edi, ammo ob-havo sharoiti sababli kechiktirilgan. Ushbu operatsiyada ishtirok etgan harbiylar orasida qurbonlar yo‘q, bir necha askarlar esa yaralangan.

«Biz buni to‘rt kun oldin amalga oshirmoqchi edik, ammo ob-havo noqulay bo‘ldi», — dedi u.
Tramp operatsiyadan bir hafta oldin Maduro bilan gaplashganini va uni taslim bo‘lishga chaqirganini ma’lum qildi. Shuningdek, AQSH bosh prokurori Pamela Bondi Venesuela prezidentiga qarshi narkoterrorizm, kokain tashish, qurol-yarog‘ saqlash va Qo‘shma Shtatlarga qarshi pulemyotlar va portlovchi qurilmalarni saqlash ayblovlarini qo‘yganini ma’lum qildi.
Amerika prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ushbu operatsiya — Maduro va uning rafiqasi uchun muhim siyosiy va harbiy natijalarga olib kelishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!