Istanbulda to‘y qilish qanchaga tushadi?

Uylanish — bu qaror. To‘y esa — bu qarorni qanday boshlash masalasi. Kimdir shunchaki “o‘tsin” deydi, kimdir esa “esda qolarli bo‘lsin” deydi. Yaxshi xabar — Istanbul ikkalasiga ham mos keladi. Keling, tasavvurdan emas, real raqamlardan boshlaymiz .
1. “Bizga shunchaki nikoh marosimi kifoya”
Sokin marosim, chiroyli joy, rasmiy hujjat.
Narx: $30 – $250
Kam byudjet, ortiqcha shovqinsiz, lekin muhim qadam.
2. “Yaqinlar bilan, ammo chiroyli dabdaba”
50–100 kishi, zal, ovqat, musiqa va fotosessiya.
Narx: $3,000 – $6,000
Bu allaqachon katta to‘y, lekin stresssiz va ixcham.
3. “Bir marta bo‘ladi — esda qolsin”
Bosfor bo‘yida marosim, bezaklar, sahna, professional xizmat.
Narx: $15,000 – $40,000
Oddiy kun emas — hayotingdagi bir umrlik voqea.
4. “Oppoq orzular darajasida to‘y”
Qasrlar, 5 yulduzli mehmonxonalar, jonli orkestr, cinema darajasidagi video.
Narx: $60,000+
Bu yerda to‘y — eng shirin xotira bo‘ladi.
Eng muhim xulosa shuki Istanbulda to‘y qilish faqat boylar uchun emas, haddan tashqari qimmat emas. Bu — aqlli reja qilgan yigitlar tanlovi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!