date

Italiya bosh vazirining Olimpiadada uxlab qolishi jonli efirda muhokamalarga sabab bo‘ldi

Italiya bosh vazirining Olimpiadada uxlab qolishi jonli efirda muhokamalarga sabab bo‘ldi

Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Ispaniyada bo‘lib o‘tayotgan qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida uxlab qolgani bilan internetda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Milandagi “San-Siro” stadionida o‘tgan tadbir Italiyaning Rai1 telekanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etilgan bo‘lib, u paytda bosh vazirning uyquga ketgan lahzasi kameralar tasviriga tushib qolgan.

Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, Meloni marosim davomida charchoq alomatlari bilan passiv holatda o‘tirgan va bir payt suyanchiqda ko‘z yumgan. Ushbu kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi va foydalanuvchilar tomonidan turlicha baholandi — ba’zilar buni hurmatsizlik sifatida ko‘rsa, boshqalar hazil bilan qarshi oldi.

Hozirgacha bosh vazirning o‘zi va Italiya hukumati bu holatga rasmiy munosabat bildirmadi.

Qizig‘i shundaki, yaqinda Italiyadagi San-Lorenso-in-Luchina cherkovidagi freskadagi farishtaning qiyofasi Jorja Meloniga o‘xshab ketishi haqida ham xabarlar tarqalgandi. U holatda ham rasmiylar bu o‘xshashlik tasodifiyligini ta’kidlashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Italiya bosh vazirining Olimpiadada uxlab qolishi jonli efirda muhokamalarga sabab bo‘ldi