date

Saudiya Arabistonidagi AQSH elchixonasiga Eron dronlari kelib tushdi

Saudiya Arabistonidagi AQSH elchixonasiga Eron dronlari kelib tushdi

AQSHning Washington Post nashri xabariga ko‘ra, Eronga tegishli, deya aytilayotgan uchuvchisiz apparat Saudiya Arabistonidagi AQSH elchixonasi majmuasini nishonga olgan.

Nashr ikki manbaga tayanadi va zarba AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi faoliyatiga bog‘liq obyekt joylashgan hududga qaratilgan bo‘lishi mumkinligini yozadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ar-Riyoddagi elchixona hududiga ikki dron tushgan. AQSH va Saudiya Arabistoni tomoni hujumni tasdiqlagan, ammo razvedka markazi nishonga olingani haqida rasmiy izoh bermagan.

Washington Post ushbu voqeani Eron uchun muhim natija sifatida baholagani qayd etilgan. Shu bilan birga, da’volarning ayrim jihatlari bo‘yicha mustaqil tasdiq keltirilmagan.

Ar-Riyoddagi AQSH elchixonasi "obyektga qilingan hujum" sabab barcha konsullik uchrashuvlari bekor qilinganini e’lon qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistonidagi AQSH elchixonasiga Eron dronlari kelib tushdi