Xitoy robotlari Saudiya Arabistonining an’anaviy raqsini ijro etdi (video)

1 daqiqa o'qish243
Xitoy robotlari Saudiya Arabistonining an’anaviy raqsini ijro etdi (video)

2026 yil 28 sentyabr kuni Saudiya Arabistonining Riyod shahrida Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 77 yilligi munosabati bilan qabul marosimi o‘tkazildi. Tadbir Xitoyning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan. Bu haqda Xitoyning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi ma’lum qildi.

Marosimning eng qiziqarli lahzalaridan biri Xitoyda ishlab chiqarilgan gumanoid robotlarning chiqishi bo‘ldi. Robotlar Saudiya Arabistonining an’anaviy kiyimlarida sahnaga chiqib, mamlakatning mashhur «Ardah» an’anaviy raqsiga xos harakatlarni ijro etdi. Ayrim kadrlarda robotlarning qo‘llarida qilichlar bilan uyg‘un harakat qilgani ko‘rinadi.

Tadbir Riyoddagi Madaniyat saroyida bo‘lib o‘tdi. Unda Riyod shahri hokimi shahzoda Faysal bin Abdulaziz bin Ayyaf, Xitoyning Saudiya Arabistonidagi elchisi Chan Xua, diplomatlar, davlat amaldorlari va boshqa mehmonlar ishtirok etdi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, marosimga 600 nafardan ortiq mehmon tashrif buyurgan.

Robotlarning Saudiya Arabistonining an’anaviy raqsini ijro etishi tadbirga o‘ziga xos tus berib, ijtimoiy tarmoqlarda ham katta qiziqish uyg‘otdi. Xitoy elchisi Chan Xua robotlarning chiqishi mehmonlarda katta taassurot qoldirganini ta’kidlagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?