Tehron dronlar Eron hududidan uchirilganini rad etdi

Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi Ozarboyjonga dronlar Eron hududidan uchirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bayonotda Eron barcha davlatlar, ayniqsa qo‘shni va musulmon mamlakatlar suverenitetini hurmat qilishi ta’kidlangan.
Rasmiy ma’lumotda Eron Respublikasi Ozarboyjonga qarshi hech qanday dron hujumi amalga oshirmagani qayd etilgan. Shu bilan birga, bu kabi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aytilgan.
Eron Bosh shtabiga ko‘ra, mazkur hodisa ortida Isroil turishi mumkin. Ularning fikricha, bu harakat Eronni ayblash va musulmon davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarga putur yetkazish maqsadida uyushtirilgan bo‘lishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing