date

AQSh Eronning dron tashuvchi kemasiga zarba berganini bildirdi

AQSh Eronning dron tashuvchi kemasiga zarba berganini bildirdi

AQShning Yaqin Sharqdagi Markaziy qo‘mondonligi — CENTCOM Eronning hujumkor dronlarni olib ketayotgan kemasiga zarba berilganini ma’lum qildi. Bayonotga ko‘ra, nishonga olingan kema dron tashuvchi vosita sifatida foydalanilgan.

Qo‘mondonlik tomonidan e’lon qilingan videoda yirik kemaga o‘q-dorilar tegib, undan qalin tutun ko‘tarilayotgani aks etgan. CENTCOM ushbu kemani Ikkinchi jahon urushi davridagi aviatashuvchilarga o‘xshash dron tashuvchi kema sifatida ta’riflagan.

Rasmiy ma’lumotda hujum oqibatida kema hozirda yonayotgani qayd etilgan. Biroq zarba aynan qaysi hududda amalga oshirilgani ochiqlanmagan.

Hozircha Eron tomoni ushbu bayonot yuzasidan munosabat bildirgan-bildirmagani haqida qo‘shimcha ma’lumot keltirilmagan. Voqea tafsilotlari va zarba oqibatlari bo‘yicha keyingi ma’lumotlar keyinroq ma’lum bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Eronning dron tashuvchi kemasiga zarba berganini bildirdi