
Iroqning Mosul shahri g‘arbiy hududlarini IShIDdan ozod qilish operasiyalarida to‘rt mingga yaqin inson halok bo‘lgan. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Avvalroq, Iroq hukumati fevralning o‘rtalarida, jangovor operasiyalar boshlanganidan so‘ng g‘arbiy Mosulni 180 mindan ortiq tinch aholi tark etgani haqida xabar bergan edi.
BMTning gumanitar agentliklari yaqin haftalarda yana 300—320 ming kishi shaharni tark etishi ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Iroq armiyasi vakili, general Sair Al-Musaviyning so‘zlariga ko‘ra, shu vaqtgacha bo‘lgan jangovor harakatlar oqibatida 3 ming 864 inson halok bo‘lgan, o‘n minglab turar joyga zarar etkazilgan.
Shuningdek, general Iroq xavfsizlik kuchlari shahar g‘arbiy hududining 54 foizini terrorchilardan tozalaganini ma’lum qildi. Iroq armiyasiga havodan nafaqat milliy harbiy-havo kuchlari, balki AQSh boshchiligidagi xalqaro koalisiya aviasiyasi ko‘mak bermoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar