Bag‘doddagi AQSh elchixonasiga dron hujumi kim tomonidan amalga oshirildi?

Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, Bag‘doddagi AQSh elchixonasiga dronlar yordamida hujum uyushtirilgan. Zarba natijasida hududda yong‘in sodir bo‘lgan va bino ustida quyuq qora tutun ko‘tarilgan.
Hozircha hujum kim tomonidan amalga oshirilgani noma’lum.
Iroq xavfsizlik kuchlari poytaxt markazidagi “yashil hudud”ni to‘liq yopib qo‘ygan. Ushbu hududda Iroqning ko‘plab davlat idoralari, shuningdek, bir qator mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalari joylashgan, jumladan AQSh elchixonasi ham.
Hozirda hudud xavfsizligi ta’minlanmoqda va hodisa tafsilotlarini aniqlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing