Eron havo mudofaasi Isroilning F-16 samolyotini yo‘q qildi (video)

Yaqin Sharqdagi harbiy qarama-qarshiliklar yanada keskin tus olmoqda. Eron havo mudofaasi kuchlari Isroilga tegishli bo‘lgan yana bir jangovar samolyotni urib tushirgani haqida ma’lum qildi.
Manbalarga ko‘ra, bu safar F-16 Fighting Falcon rusumidagi qiruvchi samolyot Eron markaziy hududida nishonga olingan. Ta’kidlanishicha, uni yo‘q qilishda Aerokosmik kuchlarga qarashli ilg‘or havo mudofaasi tizimlari qo‘llangan.
Xabarlarga qaraganda, bu Isroilga tegishli uchinchi jangovar samolyot bo‘lib, u so‘nggi vaqtlardagi to‘qnashuvlar davomida yo‘q qilingan. Bu holat mintaqadagi harbiy vaziyat yanada taranglashayotganini ko‘rsatmoqda.
Mutaxassislar fikricha, bunday hodisalar havo hujumlariga qarshi tizimlarning faol qo‘llanayotganini va tomonlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik yangi bosqichga o‘tayotganini anglatadi.