Rossiya nefti Kubaga yetib bordi va AQSh bunga izoh berdi

1 daqiqa o'qish567
Rossiya nefti Kubaga yetib bordi va AQSh bunga izoh berdi

Rossiya tomonidan Kubaga 100 ming tonna hajmdagi xom neft yetkazib berilgani ma’lum qilindi. Mazkur yukni olib kelgan “Anatoliy Kolodkin” nomli tanker Kuba hududiga yetib kelib, Matansas portida tushirish jarayonini kutmoqda.

Ushbu voqea xalqaro maydonda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xususan, AQSh rasmiylari bu masalaga munosabat bildirib, mazkur holat Vashingtonning Gavanaga nisbatan siyosatida o‘zgarish yuz berganini anglatmasligini ta’kidladi.

Oq uy matbuot kotibi Karolin Levitt jurnalistlar savollariga javob berar ekan, bu yetkazib berish siyosiy yo‘nalishdagi o‘zgarish emasligini alohida qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning Kubaga nisbatan siyosati o‘zgarishsiz qolmoqda.

Shuningdek, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham ushbu masalaga izoh berdi. Uning aytishicha, Rossiya tomonidan Kubaga neft mahsulotlarini yetkazib berish masalasi AQSh bilan olib borilgan muloqotlar chog‘ida avvaldan muhokama qilingan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?