date

Aroqchi: AQSH quruqlikdan hujum qilsa, og‘ir yo‘qotishga uchraydi

Aroqchi: AQSH quruqlikdan hujum qilsa, og‘ir yo‘qotishga uchraydi

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSHning mamlakat hududiga quruqlik orqali harbiy aralashuvi ehtimoliga munosabat bildirdi. Uning ta’kidlashicha, bunday qadamga Vashingtonning jur’at etishi juda ham shubhali.

Aroqchi o‘z bayonotida AQSH tomoni ehtimoliy hujum oqibatlarini yaxshi anglab yetganini urg‘uladi. “Ular bunday qaror qabul qiladi, deb o‘ylamayman. Agar shunday bo‘lsa, ularni juda katta yo‘qotishlar kutadi”, — dedi vazir.

Shu bilan birga, u so‘nggi to‘qnashuvlarda AQSH harbiy infratuzilmasiga yetkazilgan zararlarga ishora qildi. Xususan, razvedka va havo kuzatuv tizimlari, jumladan AWACS samolyotlari bilan bog‘liq holatlarni eslab o‘tdi.

Vazirning fikricha, quruqlikdagi ehtimoliy harbiy harakatlar Eron uchun yanada qulayroq ssenariy hisoblanadi. “Quruqlikdagi janglarda biz ancha ustunmiz”, — deya ta’kidladi u.

Bayonot yakunida Aroqchi mamlakat har qanday tashqi tahdidga tayyor ekanini bildirdi. Uning aytishicha, Eron armiyasi va mudofaa tizimi hududiy xavfsizlikni ta’minlash uchun yetarli imkoniyatlarga ega.

Mutaxassislar esa bunday keskin bayonotlar mintaqadagi geosiyosiy vaziyatni yanada taranglashtirishi mumkinligini qayd etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Aroqchi: AQSH quruqlikdan hujum qilsa, og‘ir yo‘qotishga uchraydi